Jazirama issiqda poyezdlardagi sovutish tizimlari samaradorligi pasayishi mumkin

Asosiy rasm

O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’lum qilishicha, yuqori harorat sharoitida yo‘lovchi vagonlarining metall konstruksiyalari va tashqi qoplamasi qizishi natijasida sovutish tizimlarining samaradorligi vaqtincha pasayishi mumkin.

Shu sababli ayrim yo‘nalishlarda harakatlanayotgan yo‘lovchi vagonlarida belgilangan haroratni bir maromda saqlashda qiyinchiliklar yuzaga kelishi ehtimoli borligi qayd etildi.

Kompaniya yo‘lovchilardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklarga tushunish bilan munosabatda bo‘lishni so‘rab, vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring