Madaniyat vazirligi rahbariyatida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Asosiy rasm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan Madaniyat vazirligi rahbariyatida qator tayinlov va lavozim o‘zgarishlari amalga oshirildi.

Jumladan, Nodirbek Baxtiyorovich Sayfullayev O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jahongir Odilxo‘jayevich Axmedov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Odiljon Abdug‘aniyevich Abduqahhorov hamda Sanjar Baxtiyorovich Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi.

Shu bilan birga, Sanjar Bobojonov shu vaqtga qadar egallab kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti madaniyat bo‘yicha vakili bo‘linmasining bosh inspektori lavozimidan ozod etildi.

Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Bahodir Majitovich Axmedov va Avazxon Bahadirovich Tojixonov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan, Murodjon Abdullayevich Majidov hamda Yusufjon Kamoldinovich Usmonov esa madaniyat vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring