Dilnozaxon Kattaxonova Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga muvofiq, Dilnozaxon Sobir qizi Kattaxonova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Zulayxo Baxriddinovna Maxkamova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.