Sardor Umurzakov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga muvofiq, Sardor Uktamovich Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi tugatildi.
Bundan tashqari, Abdulla Mamasaatovich Abduqodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimidan ozod etildi.