Toshkent va Samarqandda harbiy xizmatchilarga to‘lanadigan ijara puli oshiriladi

Asosiy rasm

Hukumatning 2026-yil 7-iyuldagi 369-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Toshkent va Samarqand shaharlarida harbiy xizmatchilarga turar joyni ijaraga olganlik uchun to‘lanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 25 foizga oshiriladi.

Mazkur o‘zgarishlar harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning uy-joy bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring