Sherzod Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
Sherzod Shokirovich Ibragimov O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Sherzod Ibragimovning yangi lavozimga tayinlanishi Milliy gvardiya tizimidagi boshqaruv faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan navbatdagi kadrlar o‘zgarishi sifatida baholanmoqda.