Prezident OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Asosiy rasm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga tabrik yo‘lladi.

Davlat rahbari o‘z tabrigida ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi o‘rni tobora ortib borayotganini, ularning davlat va jamiyat o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik vazifasini bajarayotganini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning qayd etishicha, milliy ommaviy axborot vositalari xalqni umumiy maqsad va manfaatlar atrofida birlashtiradigan, ayniqsa, yoshlarni ezgu g‘oyalar sari yetaklaydigan muhim ma’naviy kuchga aylanishi lozim.

Davlat rahbari ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratishga doimo tayyor ekanini bildirdi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

O'xshash maqolalar topilmadi.

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring