Vaşingtonda jurnalist Viktor Gotevbega «Oltin qalam» mukofoti topşirildi
Özbekistonning AQŞdagi elçixonasida «Diplomatic Watch» jurnali boş muharriri Viktor Gotevbeni taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Unda diplomatlar, jamoatçilik va ekspert doiralar vakillari hamda jurnalistlar iştirok etdi.
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi Şuhrat Oripov «Oltin qalam» xalqaro tanlovida 2021-yilda ta’sis etilgan «Xorijlik jurnalistning Özbekiston haqidagi eng yaxşi materiali» nominatsiyasi mamlakatimiz haqidagi xabarlarning xalqaro axborot makonida köpayişiga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Marosimda Viktor Gotevbe va «The Hill» gazetasining jamoatçi muxbiri Jeyms Dursoga Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining faxriy a’zolik guvohnomalari ham topşirildi.