Energetika vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Asosiy rasm

O‘zbekiston energetika tizimida yangi kadrlar tayinlandi.

Umid Mamadaminov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar energetika vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Shuningdek, Umarjon Egamberdiyev energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili bo‘linmasida yetakchi inspektor lavozimida ishlagan.

Mazkur tayinlovlar energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali davom ettirish hamda tizim faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring