Saida Mirziyoyeva Oliy sudning yangi raisini tanishtirdi

Asosiy rasm

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 22-iyun kuni Oliy sudning yangi raisi Robaxon Anvarovna Mahmudovani sudyalar hamjamiyati hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlariga tanishtirdi.

Saida Mirziyoyeva taʼkidlaganidek, Prezidentimiz adolatni insonlar uchun eng muhim qadriyatlardan biri sifatida qayta-qayta eʼtirof etib kelmoqda. Jamiyatda qonunsizlik va korrupsiyaga mutlaqo o‘rin qolmasligi, rivojlanish va farovonlikka qaratilgan har qanday islohot esa faqat mustaqil sudning ishonchli himoyasi ostidagina o‘z samarasini berishi qayd etildi.

Shuningdek, Toshkent xalqaro moliya markazida Angliya huquqiga asoslangan sud tizimini shakllantirish ishlari olib borilayotgani, amaldagi sudlar ham ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘z faoliyatiga dadil joriy etishi muhimligi taʼkidlandi.

Uchrashuv davomida tizim alohida shaxslarga bog‘lanib qolmasdan, kadrlar almashinuvidan qatʼi nazar, uzluksiz va samarali ishlashi, har bir sudya esa o‘z shaʼni va kasbiy masʼuliyatiga munosib bo‘lishi lozimligi qayd etildi.

Saida Mirziyoyeva Robaxon Mahmudovaga mustahkam iroda, oqilona, halol va adolatli qarorlar qabul qilish yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring