Uchinchi “Hyundai Rotem” tezyurar poyezdi O‘zbekistonga olib kelindi

Asosiy rasm

Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan uchinchi “Hyundai Rotem” tezyurar poyezdi O‘zbekistonga yetkazib berildi. Bu mamlakatimiz temiryo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Avvalroq O‘zbekistonga olib kelingan “Jaloliddin Manguberdi” nomli zamonaviy tezyurar poyezd Toshkent–Xiva yo‘nalishida qatnovlarni amalga oshirishni boshlagan edi.

Yangi poyezdlarning bosqichma-bosqich foydalanishga topshirilishi yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz transport xizmatlarini kengaytirish, hududlar o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash hamda ichki turizm salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring