Robaxon Mahmudova O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi etib saylandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Baxtiyor Jahongirovich Islomovni Oliy sud raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida Oliy Majlis Senatiga taqdimnoma kiritildi.
Shuningdek, davlat rahbari tomonidan Robaxon Mahmudovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga saylash to‘g‘risida ham Oliy Majlis Senatiga tegishli taqdimnoma kiritildi.
Mazkur taqdimnoma Senat tomonidan ko‘rib chiqildi va Oliy Majlis Senati Kengashi qaroriga muvofiq Robaxon Mahmudova O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi etib saylandi.