Kadastr agentligida tayinlovlar amalga oshirildi
11-iyun kuni Kadastr agentligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishni Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev olib bordi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Prezidentimizning tegishli qarori bilan Turdiyev Sadriddin Abdullayevich Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Bu haqda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan:
– Fayzullayev Murat Muxtarovich Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
– Xafizov Alisher Abduazizovich Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga;
– Mirmaksudov Mirsaid Sadikovich Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga;
– Abdullayev To‘lqin Mansurovich Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Abdushukr Hamidovich Abdullayev Kadastr agentligi direktori maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Yig‘ilish yakunida kadastr organlari mutasaddilari oldida turgan asosiy vazifalar belgilab berildi.