Tayinlovlar
Mamajonov Jahongir Anvarjonovich Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar AQSHdagi “JM Group” kompaniyalari bosh direktori vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Kunarov Ruslan Rustamovich Toshkent viloyati hokimining sanoat korxonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Yangiyo‘l tumanidagi “BIO KORM” xususiy korxonasining ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Otabayev Abdusattor Xalimjonovich Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar harbiy qismda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi vazifasida faoliyat olib borgan.
Ismoilov Elmurod Ro‘ziboyevich Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Andijon viloyati hokimligi Investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.