Xalqaro kuryerlik jönatmalarini MyGov orqali tasdiqlaş va rad etiş xizmati yölga qöyildi
Endilikda fuqarolar öz nomiga kelgan xalqaro kuryerlik jönatmalari haqidagi ma’lumotlar bilan MyGov mobil ilovasida tanişişi mumkin. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Xizmatdan foydalaniş uçun ilovaning qidiruv maydoniga «xalqaro» deb yozib, tegişli xizmatni tanlaş kerak. Foydalanuvçi röyxatdagi öz jönatmalarini tasdiqlaydi, unga tegişli bölmaganlarini esa rad etadi. Şaxs MyID biometrik identifikatsiyasi orqali tasdiqlanadi.
Vazirlik begona jönatmalarni tasdiqlaş bojxona bilan boğliq muammolarga sabab bölişi mumkinligini eslatgan.