Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari 25 ming dollar olayotganda ushlandi

Asosiy rasm

DXX Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari 25 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, u tadbirkorga sanoat majmuasi tashkil etish uchun hokimlik balansidagi bir gektar yerni olib berishni va’da qilgan. Buning uchun davlat aktivlarini boshqarish tizimidagi tanishlari orqali yerni auksionga chiqarib, tadbirkorga olib berish evaziga pul talab qilgan.

Mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168, 28 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring