Centrum Air saytida Apple Pay va Google Pay orqali to‘lov imkoniyati ishga tushirildi

Asosiy rasm

Endi Centrum Air sayti orqali aviachiptalar xarid qilganda Apple Pay va Google Pay yordamida to‘lov qilish mumkin. Bunda karta ma’lumotlarini har safar qayta kiritish talab etilmaydi – to‘lov smartfon orqali tasdiqlanadi.

Yangi imkoniyat Octobank bilan hamkorlikda, bankning internet-ekvayring tizimi asosida joriy etildi.

To‘lov jarayonida tokenlashtirish texnologiyasidan foydalaniladi. Ya’ni, kartaning haqiqiy rekvizitlari savdo nuqtasiga uzatilmaydi, bu esa onlayn to‘lovlar xavfsizligini oshiradi.

Yangi yechim aviachipta xarid qilish jarayonini tezlashtirish va raqamli to‘lovlardan foydalanuvchi yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratishga qaratilgan.

Reklama






Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring