Yangi o‘zbek alifbosi uchun maxsus sayt va bot ishga tushdi

Asosiy rasm

Senat lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qullagach, yangi yozuvga moslashtirish uchun Undov.uz sayti va @undovbot ishga tushirildi.

Servis orqali matnlarni amaldagi lotin, kirill va yangi alifbo o‘rtasida tezkor transliteratsiya qilish mumkin. Shuningdek, tizim hujjat fayllarini ham yangi yozuvga moslashtirish imkonini beradi.

Xizmat bepul taqdim etiladi. Ishlab chiquvchilarning ma’lum qilishicha, foydalanuvchilarning matn va fayllari serverlarda saqlanmaydi.

Servis Kontent markazi tomonidan ishlab chiqilgan.







Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

O'xshash maqolalar topilmadi.

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring