Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochxan, Boryon, Seul, Chondju, Andon va Sunchxon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tadi.
Dastur:
– 14-sentyabr – Kochxan: “Gochang Cultural Center” majmuasida “O‘zbek madaniyat fasllari” simfonik konsert dasturi;
– 15-sentyabr – Boryon: “Boryeong Culture and Arts Center” majmuasida “O‘zbek madaniyat fasllari” simfonik konsert dasturi;
– 16–17-sentyabr – Seul: “Sejong Art Center”ning “Grand Theater” konsert zalida “O‘zbekiston madaniyati kunlari”ning tantanali ochilish marosimi va konsert dasturi, foto va milliy liboslar ko‘rgazmasi, shuningdek, O‘zbekiston va Koreya madaniyat vazirlarining hamkorlik uchrashuvi;
– 18-sentyabr – Chondju: “Korean Traditional Music Center” majmuasida simfonik konsert dasturi;
– 19-sentyabr – Andon: “Andong Art Center” majmuasida simfonik konsert dasturi;
– 21-sentyabr – Sunchxon: “Suncheon Cultural Center” majmuasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari”ning tantanali yopilish marosimi va konsert dasturi.
Madaniy dasturlarda O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Zulayxo Boyxonova, Kamoliddin O‘rinboyev, Ilyos Arabov va Aygul Nodirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ozoda Nursaidova va Munisa Rizayeva, shuningdek, Hulkar Abdullayeva, Jasmin va Ulug‘bek Yo‘lchiyev ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri, “Navbahor” raqs ansambli, maqom va opera san’ati vakillari hamda hunarmandlar Koreya jamoatchiligiga o‘zbek milliy san’ati va madaniyatini namoyish etadi.
Teglar:Teglar yo'q
Ulashish:
O'xshash maqolalar
O'xshash maqolalar topilmadi.
Sharhlar (0)
Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!