Prezident farmoni bilan Po‘lat Razzoqovich Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Po‘lat Bobojonov turli yillarda Bosh prokuror o‘rinbosari, Bosh prokuratura huzuridagi departament boshlig‘i, Jizzax va Buxoro viloyatlari prokurori lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, u Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, 2012–2017-yillarda esa Xorazm viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
2017-yil sentabrida Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri etib tayinlangan va ushbu lavozimda 2025-yil martigacha ishlagan.
2025-yil mart oyidan buyon u Prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Teglar:Teglar yo'q
Ulashish:
O'xshash maqolalar
O'xshash maqolalar topilmadi.
Sharhlar (0)
Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!