Prezident Administratsiyasi tuzilmasida o‘zgarishlar amalga oshirildi

Asosiy rasm

Prezident Administratsiyasi tuzilmasini maqbullashtirish ishlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimi va uning bo‘linmasi tugatildi.

Shuningdek, davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmatining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi etib belgilandi.

Bundan tashqari, mahalla instituti faoliyati samaradorligini yanada oshirish Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmasining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishiga aylandi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring