Octobank yangi va foydalanilgan avtomobillar uchun avtokredit taklif qilmoqda

Asosiy rasm

Octobank jismoniy shaxslar uchun avtomobil xaridini moliyalashtirishga mo‘ljallangan ikki xil avtokredit dasturini taklif qilmoqda. Kreditdan rasmiy dilerlardan yangi avtomobil yoki ikkilamchi bozordan foydalanilgan avtomobil xarid qilish uchun foydalanish mumkin.

Asosiy shartlarga ko‘ra, avtokredit yillik 24 foiz stavkada, 60 oygacha muddatga ajratiladi. Bir oylik imtiyozli davr nazarda tutilgan. To‘lovlarni annuitet yoki differensial usulda amalga oshirish mumkin. Kredit har qanday rusumdagi avtomobil uchun rasmiylashtiriladi.

Boshlang‘ich to‘lov yangi avtomobil uchun 25 foizdan, foydalanilgan avtomobil uchun esa 40 foizdan boshlanadi.

Bankning ish haqi loyihasi mijozlari uchun alohida shartlar amal qiladi – 2026-yil 31-dekabrgacha yillik stavka 21 foizdan boshlanadi.

Avtokredit uchun Octobank rasmiy sayti orqali ariza topshirish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot uchun @Octobank_Callcenter_bot yoki +998 71 202-33-33 raqamiga murojaat qilish mumkin.

Reklama huquqi asosida




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring