Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida avariyaviy quduqni yopish ishlari boshlandi

Asosiy rasm

Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida avariyaviy quduqni yopish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

Shu munosabat bilan “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov, Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov va boshqa mutasaddilar konga borib, Kofrun qishlog‘i faollari hamda loyihaga jalb etilgan Xitoyning CNPC korporatsiyasi mutaxassislari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda avariyaviy quduqni yopish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, loyihaning ahamiyati va kelgusi oylarga mo‘ljallangan muhim chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, mahalliy aholi bilan muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

O'xshash maqolalar topilmadi.

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring