MKBANK va Agrobank chorvachilik loyihalari uchun 20 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit ajratmoqda

Asosiy rasm

Chorvachilik sohasida yangi loyiha boshlash yoki mavjud biznesni kengaytirishni rejalashtirayotgan tadbirkorlar uchun MKBANK va Agrobankda imtiyozli kredit imkoniyatlari mavjud. Har ikki bankda ham moliyalashtirish miqdori loyiha yo‘nalishiga qarab 20 mlrd so‘mgacha yetadi.

MKBANKning “Chorva” kredit moduli orqali chorvachilik majmualarini tashkil etish va nasldor qoramol xarid qilish uchun 5 mlrd so‘mgacha, naslli buqalar urug‘ini yetishtirish korxonalarini tashkil etish uchun esa 20 mlrd so‘mgacha kredit ajratiladi.

Kredit yillik 10 foiz stavkada, 10 yilgacha muddatga beriladi va 48 oygacha imtiyozli davr taqdim etiladi.

MKBANK krediti haqida batafsil ma’lumot

Agrobankning chorvachilik loyihalari uchun krediti doirasida chorvachilik majmualarini tashkil etish hamda nasldor yirik va mayda shoxli qoramollarni sotib olish uchun 5 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Naslli buqalar urug‘ini yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlariga qurilish, asbob-uskunalar va naslli qoramollar xaridi uchun esa 20 mlrd so‘mgacha kredit olish imkoniyati mavjud.

Kredit yillik 10 foiz stavkada, 120 oygacha muddatga va 48 oygacha imtiyozli davr bilan ajratiladi. To‘lovlarni annuitet yoki differensial grafik asosida amalga oshirish mumkin. Kredit yuridik shaxs maqomiga ega tadbirkorlik subyektlari uchun mo‘ljallangan.

Agrobank krediti haqida batafsil ma’lumot

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring