Octobank orqali Turkiya, Xitoy, Isroil va Tojikistonga pul o‘tkazmalari imkoniyati kengaydi

Asosiy rasm

Octobank hamkor moliya tashkilotlari mijozlari uchun xalqaro pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirdi.

Endilikda Octobank foydalanuvchilari O‘zbekiston va Turkiya, Xitoy, Isroil hamda Tojikiston o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshirishlari mumkin.

Pul o‘tkazmalari mahalliy va xorijiy banklar hamda to‘lov tashkilotlarining odatiy mobil ilovalari orqali bevosita amalga oshiriladi.

Octobankning hamkorlari qatorida Paynet, Mikrokreditbank, Asia Alliance Bank, BRB, Anorbank, Isroilning Monox+ fintex-xizmati hamda Tojikiston taraqqiyot banki bor.

Bank ma’lumotiga ko‘ra, mazkur hamkorlik foydalanuvchilarga xalqaro pul o‘tkazmalarini tezroq, qulayroq va arzonroq amalga oshirish imkonini beruvchi to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring