“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasiga oid infografik toʻplam bir nechta tillarda tayyorlandi
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasiga oid infografik toʻplam oʻzbek va ingliz tillarida tayyorlandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya, Italiya hamda Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda mazkur toʻplam fransuz, italyan va xitoy tillariga tarjima qilindi.
Toʻplamda Oʻzbekistonning 2030-yilgacha erishishi belgilangan 100 ta strategik maqsad sodda, loʻnda va tushunarli infografikalar orqali yoritilgan.
Toʻplam “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining maqsad va vazifalarini keng jamoatchilikka yetkazish, davlat organlari, ta’lim muassasalari va tashkilotlarda turli taqdimot hamda axborot-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda muhim manba boʻlib xizmat qiladi.