“Samarkand-2028” giperspektral sun’iy yoʻldoshi 5-avgust kuni orbitaga uchiriladi

Asosiy rasm

5-avgust kuni STAR.VISION kompaniyasi tomonidan Xitoyning Shandun provinsiyasi qirgʻoqlari yaqinidagi dengiz start platformasidan Samarkand-2028 va Lampung-1 giperspektral sun’iy yoʻldoshlari uchiriladi.

Samarkand-2028 sun’iy yoʻldoshi “Oʻzbekkosmos” agentligi va STAR.VISION kompaniyasi oʻrtasida imzolangan strategik memorandum doirasidagi hamkorlikning amaliy natijasidir. Memorandumga muvofiq, Xitoy tomonidan fazoga uchiriladigan mazkur giperspektral sun’iy yoʻldoshga “Samarkand-2028” nomi berildi. Bu nom Avstraliyaning Sidney shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro astronavtika kongressida (IAC) 2028-yilgi kongressni Samarqand shahrida oʻtkazish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror sharafiga tanlangan.

Loyiha doirasida “Oʻzbekkosmos” agentligi mutaxassislari tomonidan sun’iy yoʻldosh borti uchun maxsus sun’iy intellekt moduli ishlab chiqildi. Mazkur modul giperspektral ma’lumotlarni bevosita orbitaning oʻzida qayta ishlash imkonini berib, Yer yuzasini masofadan zondlash samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Olingan ma’lumotlardan qishloq xoʻjaligi, ekologiya, tabiiy resurslarni monitoring qilish va boshqa yoʻnalishlarda foydalanish rejalashtirilgan.

Ayni paytda raketa start kemasi bortiga joylashtirilgan boʻlib, uchirish hududi tomon yoʻl olgan. Barcha tayyorgarlik ishlari belgilangan reja asosida davom etmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring