O‘zbekiston 2024 yilda Rossiyadan 39 mln dollar qarz oldi
AI Summary
38 davlatning Rossiya oldidagi qarzlari o‘tgan yili 33,1 milliard dollargacha oshdi, bu 1998 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Bu haqda Jahon banki ma’lumotlariga tayanib, «RIA Novosti» nashriga tayanib «Gazeta.ru» xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 2,6 milliard dollarga oshib, 33,1 milliard dollarga yetgan. Boshqa davlatlarning Rossiya oldidagi qarzi oxirgi marta eng yuqori ko‘rsatkichga 1998 yilda yetgan - 38 milliard dollar.
Gap 38 ta davlat haqida bormoqda. 2024 yilda eng ko‘p qarz Bangladeshga to‘g‘ri keldi - bir yil ichida uning qarzi 1,2 milliard dollarga oshdi. Misr qarzini 815 mln dollarga, Hindiston esa 799 mln dollarga oshirdi. O‘zbekiston 39 million dollarga, Afg‘oniston 17 million dollarga, Yaman 7 million dollarga va Shri-Lanka 3 million dollarga qarz oldi.
Xabarda O‘zbekistonning Rossiya oldidagi umumiy qarzi haqida ma’lumot berilmagan.
Belarus qarz majburiyatlarini eng ko‘p - 125 million dollarga qisqartirdi.
Sentyabr oyida Gurjiston Rossiya oldidagi ko‘p yillik qarzini to‘liq to‘lagani xabar qilingandi.