Xalq banki ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni yo‘lga qo‘ydi
Xalq banki boshqa tijorat banklarida yuqori foiz stavkalarida rasmiylashtirilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish xizmatini ishga tushirdi.
Yangi taklifga ko‘ra, amaldagi ipoteka kreditlarini yillik 21,5 foiz stavkada qayta rasmiylashtirish mumkin.
Qayta moliyalashtirish kreditlari 180 oygacha muddatga ajratiladi. Kredit summasi amaldagi ipoteka qarzining qoldig‘i doirasida belgilanadi.
Bunda Toshkent shahri uchun 1 mlrd so‘mgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun esa 550 mln so‘mgacha mablag‘ ajratilishi mumkin.
Mazkur imkoniyat yuqori foiz stavkasida rasmiylashtirilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha oylik to‘lov yukini kamaytirishga xizmat qiladi.