Abituriyentlar uchun OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash boshlandi
Kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar to‘plagan ballariga mos ravishda oliy ta’lim tashkiloti (OTT), bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlashlari mumkin.
Tanlov “avval test – so‘ng tanlov” tamoyili asosida amalga oshiriladi. Abituriyentlar test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos ravishda 5 tagacha OTT va ta’lim yo‘nalishini, shuningdek har biri uchun kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllarini tanlash imkoniyatiga ega.
Tanlovni amalga oshirish uchun:
- my.uzbmb.uz platformasiga kiring;
- “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul” bo‘limini tanlang;
- “Xizmatdan foydalanish” va “OTT tanlash” tugmalarini bosing;
- tanlov ustuvorligini hamda mavjud bo‘lsa, maqsadli qabulni belgilang;
- ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlab, “Saqlash” tugmasini bosing;
- telefon raqamiga yuborilgan SMS-kodni kiritib, tanlovni tasdiqlang.
8-avgustga qadar tanlov ma’lumotlarini o‘zgartirish mumkin. Muddat yakunlangach, ma’lumotlarni tahrirlash imkoni bo‘lmaydi.
Shuningdek, tanlov yakunlangach shakllanadigan **“Abituriyent qayd varaqasi”**ni yuklab olib saqlab qo‘yish tavsiya etiladi.