Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi yangi bog‘lar barpo etilishini nazoratga oldi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi qator muhim obyektlarni ko‘zdan kechirdi. Tashrif davomida yangi istirohat bog‘larini barpo etish va atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, Afrosiyob ko‘chasidagi bog‘ hududida barcha uchun qulay dam olish sharoitlarini yaratish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Sayilgoh ko‘chasi, Amir Temur shohko‘chasi va unga tutash hududlarni yangilash, Bobur nomidagi Ekopark hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi bog‘ maydonlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, asosiy maqsad Toshkentga “yashil shahar” maqomini qaytarish, aholi uchun ko‘proq ochiq jamoat maydonlari yaratish, qulay va xavfsiz shahar muhitini rivojlantirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini izchil davom ettirishdan iborat.
Qayd etilishicha, shahar aholisi turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan ushbu loyihalarni amalga oshirish ishlari yaqin muddatda boshlanadi.