Parrandachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi kredit shartlari joriy etiladi

Asosiy rasm

Prezidentning 2026-yil 23-iyuldagi PQ–274-son qarori bilan parrandachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Mikrokreditbank orqali parrandachilik xo‘jaliklari, parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchilar hamda “tayyor biznes” loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar yillik 10 foiz stavkada ajratiladi.

Mazkur shartlar faqat yangi rasmiylashtiriladigan kredit shartnomalariga tatbiq etiladi.

Shuningdek, 2026-yil 1-avgustdan ushbu mablag‘lar hisobidan parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni ishga tushirish hamda “tayyor biznes” loyihalarini moliyalashtirish uchun 10 yilgacha muddatga, 4 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada kreditlar ajratiladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

O'xshash maqolalar topilmadi.

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring