Mikrokreditbank “Barakali bog‘” kredit modulini taklif etmoqda
Mikrokreditbank mevali bog‘lar barpo etish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish uchun “Barakali bog‘” kredit modulini taklif etmoqda.
Mazkur kredit doirasida yillik 14 foiz stavkada, 120 oygacha muddatga, jumladan 36 oygacha imtiyozli davr bilan 3 million AQSH dollari ekvivalentigacha mablag‘ ajratilishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, kredit moduli belgilangan hududlarda amalga oshirilayotgan mevachilik loyihalari uchun ajratiladi.
Batafsil ma’lumot va murojaat uchun: mkbank.uz yoki 1285 qisqa raqami.