Asakabank Farg‘onadagi parrandachilik fabrikasini savdoga chiqardi

Asosiy rasm

Asakabank tomonidan Farg‘ona shahrida joylashgan, yiliga 85 million donagacha tuxum ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy parrandachilik fabrikasi savdoga qo‘yildi.

Ma’lum qilinishicha, ishlab chiqarish jarayoni Turkiyaning KUTLUSAN kompaniyasi uskunalari asosida tashkil etilgan. Obekt 5,6 gektar yer maydonida joylashgan bo‘lib, bino va inshootlarning umumiy maydoni 19 865,38 kvadrat metrni tashkil etadi.

Shuningdek, korxona elektr energiyasi, tabiiy gaz va suv ta’minoti bilan to‘liq ta’minlangan. Hududda biznesni yanada kengaytirish imkonini beruvchi qo‘shimcha bino va inshootlar ham mavjud.

Obektning boshlang‘ich narxi 63 milliard so‘m etib belgilangan. Uni imtiyozli va qulay shartlar asosida xarid qilish imkoniyati ham mavjud.

Batafsil ma’lumot va auksionda ishtirok etish

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
(78) 147-64-02 yoki (90) 181-01-00.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring