Xalq banki "Omadli to‘lov" aksiyasini e’lon qildi
Xalq banki umumiy sovrin jamg‘armasi 500 million so‘mni tashkil etuvchi "Omadli to‘lov" aksiyasini boshladi.
Aksiyada ishtirok etish uchun Xalq bankining Uzcard kartasini rasmiylashtirish hamda POS-terminal yoki xazna ilovasi orqali jami 100 000 so‘m va undan ortiq miqdorda to‘lovni amalga oshirish talab etiladi. Shuningdek, xazna mobil ilovasi orqali virtual karta ochish imkoniyati ham mavjud.
Aksiya 2026-yil 15-iyuldan 15-sentabrgacha davom etadi. Uning doirasida jami 101 nafar ishtirokchi 3 million, 5 million, 10 million va 50 million so‘m miqdoridagi pul yutuqlarini qo‘lga kiritadi.
G‘oliblar har ikki haftada Xalq bankining rasmiy Instagram sahifasida jonli efir orqali tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi.
Batafsil ma'lumot Xalq bankining rasmiy manbalari orqali taqdim etiladi.