“Milliy” ilovasida yagona QR-kod orqali to‘lov qilish imkoniyati taqdim etildi
Endilikda “Milliy” ilovasi orqali O‘zbekiston bo‘ylab savdo nuqtalarida yagona QR-kod yordamida xaridlar uchun tez va qulay to‘lovni amalga oshirish mumkin.
Buning uchun foydalanuvchi:
- “Milliy” ilovasini ochishi;
- “QR-kodni skanerlash” bo‘limiga o‘tishi;
- sotuvchining QR-kodini skanerlashi;
- to‘lovni tasdiqlashi kifoya.
Qayd etilishicha, to‘lov bir necha soniya ichida amalga oshiriladi va mablag‘ sotuvchiga darhol o‘tkaziladi.
Aloqa markazi:
1344
(78) 148-00-10