Xalq banki: 10 million so‘mgacha o‘tkazmalar endi 0% komissiya bilan
Kartadan kartaga pul o‘tkazishdagi kichik komissiyalar ko‘pincha sezilmaydi. Biroq vaqt o‘tishi bilan bunday xarajatlar sezilarli mablag‘ga aylanishi mumkin.
Endi esa ortiqcha to‘lovlar haqida o‘ylashga hojat yo‘q. "xazna" ilovasi orqali Xalq banki kartalari o‘rtasida 10 million so‘mgacha bo‘lgan pul o‘tkazmalarini mutlaqo bepul — 0 foiz komissiya bilan amalga oshirish mumkin.
Bu imkoniyat kundalik moliyaviy operatsiyalarni yanada qulay va tejamkor tarzda amalga oshirish, mablag‘larni samarali boshqarish imkonini beradi.
Aqlli moliyaviy yechimlardan foydalanishni bugundan boshlang va ortiqcha xarajatlarni kamaytiring.
"xazna" ilovasini App Store yoki Play Market orqali yuklab oling.