O‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmi 500 ming tonnaga yetkaziladi
Shavkat Mirziyoyev baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish va intensiv texnologiyalarga o‘tishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Unga ko‘ra:
– suv aylanma tizimini o‘rnatish, naslli ona baliqlarni import qilish va quyosh panellari uchun subsidiyalar beriladi. Imtiyozli kreditlarning foiz xarajatlari qisman qoplanadi;
– an’anaviy ko‘l baliqchiligidan suvni tejaydigan intensiv texnologiyalarga o‘tiladi. Mavjud imkoniyatlar bilan baliq yetishtirishni 5 barobar oshirish mumkin;
– 329 ta tabiiy suv havzasi va 163 ming gektar yer maydonlarini ijaraga berishning yangi tizimi joriy etiladi. Suv yetkazib berish kafolatlanadi;
– keyingi yilda baliq yetishtirish hajmini 500 ming tonnadan oshirish choralarini ko‘rish topshirildi. Ma’lumot uchun, 2025-yilda 206 ming tonna baliq yetishtirilgan;
– Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti uchun Ohangaron daryosi bo‘yida tajriba-sinov maydoni tashkil etiladi;
– Agrar universitetida Rossiya va Xitoy OTMlari bilan hamkorlikda qo‘shma fakultet ochiladi. Sohani nazorat qilish va xarajatlarni kamaytirish uchun sun’iy intellektga asoslangan yagona elektron platforma yaratiladi.