Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi bilan muloqot qildi

Asosiy rasm

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbari Haj safarida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik ziyoratchilarning salomatligi, kayfiyati va ular uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘radi.

Muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazarning ma’lum qilishicha, hozirgi kunda muqaddas Haj amallarini ado etayotgan yurtdoshlar uchun barcha zarur tashkiliy va tibbiy shart-sharoitlar yaratilgan. Ziyoratchilarning salomatligi doimiy nazoratda bo‘lib, ularga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Suhbat davomida Haj tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, ziyoratchilar xavfsizligi va salomatligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Prezident barcha ziyoratchilarga o‘zining samimiy tilaklarini yo‘llab, Haj ibodatlarining muvaffaqiyatli o‘tishi va yurtdoshlarimizning sog‘-salomat Vatanga qaytishini tiladi.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

O'xshash maqolalar topilmadi.

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring