Özbekistonda jinoyatçilikni prognoz qiluvçi yagona platforma yaratiladi

Asosiy rasm

Prezidentning 2026-yil 6-noyabrdagi PF–241-son farmoniga muvofiq, Yagona kriminogen ma’lumotlar platformasi işlab çiqilib, işga tuşiriladi.

Platforma hududlar, mahallalar va jinoyat turlari böyiça jinoyatçilik dinamikasini yarim yillik va yillik prognoz qiliş imkonini beradi. Natijalar asosida kriminogen vaziyati oğir hududlarga zarur çoralar körsatilgan xabarnomalar yuboriladi.

Şuningdek, jinoyatlarning sabablari, mas’ul idoralar va mansabdor şaxslar hamda muammolarni bartaraf etiş çoralarining elektron reyestri yuritiladi. Körilgan çoralar natijasi inson omilisiz oylik, yarim yillik va yillik nazorat qilinadi.

2027-yil yakunigaça platforma Toşkent şahrining Olmazor tumanida sinovdan ötkaziladi. 2028-yildan barça hududlarga bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.

Har yili aholi örtasida milliy viktimologik sörov, xavfsizlik hissi va huquqni muhofaza qiluvçi organlarga işonç böyiça ijtimoiy sörov ötkaziladi.

Yoşlar, voyaga yetmaganlar, ayollar, muqaddam sudlangan va probatsiya hisobidagi şaxslar, «qizil» toifadagi mahallalar böyiça manzilli kriminologik tadqiqotlar ham taşkil etiladi.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring