O‘zbekistonda dronlardan fuqarolik maqsadlarida foydalanish imkoniyati kengaytirilishi mumkin
Prezident huzurida o‘tkazilgan taqdimotda ushbu masala ko‘rib chiqildi.
Shu maqsadda uchuvchisiz aviatsiya vositalari haqidagi ma’lumotlarni birlashtiruvchi yagona raqamli axborot tizimini shakllantirish, parvoz hududlarini aniq belgilash va ulardan foydalanish tartiblarini joriy etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Shuningdek, kelgusi o‘quv yilidan Transport universitetida uchuvchisiz aviatsiya tizimlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.